Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

AJ Uzum Bankda boshqaruv raisi almashtiriladi

20.06.2023
Sergey Gimadiyev Uzum Bank AJni tark etadi, Boshqaruvning yangi Raisi O'zbekiston Respublikasi markaziy banki bilan kelishilganidan keyin e'lon qilinadi.

Uzum Bank AJ jamoasi millionlab odamlar foydalanadigan mamlakatning yetakchi raqamli banklaridan birini yaratdi, shuningdek, raqamli bank sevislarini Uzum ekotizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qildi.

— Sergey Gimadiyevga Uzum Bank AJ rivojiga qo'shgan ulkan hissasi va, albatta, u to'plagan noyob mutaxassislar jamoasi uchun minnatdorchilik bildiramiz, - deydi Uzum Bank AJ Kuzatuv kengashi raisi Anurbek Samandarovich Xudayberganov. — Sergey Abdulxayevich, shubhasiz, Uzumning yagona keng ko'lamli platformasining qurishlishini mumkin qilganlardan biriga aylandi. Biz unga yangi takliflar va qiziqarli loyihalarni tilaymiz va aminmizki, ular butun mamlakat bo'ylab raqamli bank servislarini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shadi.

Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish O'zbekiston aholisi uchun kundalik ehtiyojga aylandi va Uzum Bank AJ Boshqaruvining yangi raisi oldiga Uzum ekotizimi doirasida korporativ mijozlar va jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlarini rivojlantirish vazifasi qo'yiladi.
Uzum Bank Uzum - bu raqamli ekotizimni rivojlantiruvchi kompaniyalar guruhi, ushbu guruhning ichiga moliyaviy xizmat va keng assortimentli marketpleys hamda tezkor yetkazib berish xizmatlari kiradi. Uzum Bank Uzum brendining uchinchi servisiga aylandi. Bundan tashqari ekotizimga marketpleys Uzum market va muddatli to’lov xizmati Uzum Nasiya tizimi kirgan.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi