Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

Telegram’da onlayn mikroqarzlar. Davr Bank O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘ziga xos raqamli xizmatni yo‘lga qo‘ydi

08.11.2023

Bugungi kunda Davr Bank — xususiy banklar guruhida yetakchi bo‘lib, top-menejment va rahbariyat birgalikda digital-transformatsiya tomon intilishmoqda. Ularning maqsadi bir: “odamlar uchun” yaxshi, sifatli xizmatga ega bank yaratish.

Ushbu yilning aprel oyida Davr Bank yaqin to‘rt yillik muddat uchun strategiya ishlab chiqqanligi haqida so‘zlab bergandi. Hozir esa bank IT-transformatsiya bilan shug‘ullanmoqda: buning uchun kompaniya ichki jarayonlarini va mijozlar bazasini takomillashtirish ustida ishlamoqda.

Joriy yilning avgustida bank birinchi yarim yillik natijalar bilan bo‘lishgan edi — ko‘rsatkichlarga asosan, Davr Bank yurtimizdagi eng daromadli banklar orasidan joy olgan.

11.png
Davr bank boshqaruvi raisi Abdumadjid Samadov va bank transformatsiya boshlig'i Damir Kakiev

Oddiyroq qilib aytganda, Davr Bank fuqarolar va biznes uchun iloji boricha qulay va tushunarli bank bo‘lishga intilmoqda. Ushbu jarayon davomida asosiy e’tibor sifatli xizmat ko‘rsatish hamda puxta o‘ylangan foydalanuvchi yo‘liga qaratilgan. Bunda bank mobil ilovasi, veb-sayti endi esa Telegram-boti katta rol o‘ynaydi. 

Nega aynan Telegram?


  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda mamlakat bo'ylab 30 milliondan ortiq kishi Telegramdan foydalanmoqda — bu butun aholining deyarli 90% tashkil etadi. 

Messenjer nafaqat aloqa uchun ishlatiladi. Telegramda o'zbekistonliklar turli buyumlar xarid qilishadi, yangiliklar o‘qishadi, ish va yangi xodimlarni izlashadi, har-xil kontent tomosha qilishadi va hatto messenjerning o‘zida blogerlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan jonli efirlarida qatnashishadi.

Telegramning bunday moslashuvchanligi va ko'p funksiyaliligi butun dunyo bo'ylab ko'plab ilg'or FinTech kompaniyalari tomonidan keng qo'llaniladi. Masalan, Telegram chatbotlarida allaqachon balansni tekshirish, pul o'tkazmalari yuborish va hisobni to'ldirish kabi operatsiyalar amalga oshiriladi.


  "Mahalliy kontekst va xalqaro tajribani o'rganib chiqib, biz Telegramda tezkor mikrokreditlar olish imkoniyatini beradigan botni ishga tushirish kerak degan qarorga keldik. Biz aholining qulay va tezkor kreditlash usuliga bo'lgan talabi borligini payqadik, va bu talabni qoplash uchun hammaga tanish bo‘lgan Telegram platformasini tanladik", — deydi davr bankning transformatsiya bo‘limi rahbari Damir Kakiev.


Yangi texnologiyalarni joriy etish bilan professionallar jamoasi shug'ullanadi, ular orasida xalqaro kompaniyalarda ishlab kelgan IT va axborot xavfsizligi bo'yicha top-menejerlar va mutaxassislar bor. Bu raqamli mahsulotlarni nafaqat tez va samarali yaratishga, balki ularni iloji boricha xavfsizroq qilishga imkon beradi.

Mahsulot texnologik hamkor, red_mad_robot Central Asia kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan.

Mikroqarzlar — mijozlar talabi


Transformatsiya jarayoni boshlanganidan beri, Davr Bank asosiy e’tiborini mijozlarga qaratib, foydalanuvchilar uchun iloji boricha dolzarb yechimlar taklif qilishga intilmoqda.

«Birinchi raqamli mahsulotimiz uchun har xil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdik — karta chiqarish yoki omonatlar joriy qilish allaqachon hech kimni hayron qoldira olmasligini tushundik. Ammo mikroqarzlar bizning yosh va jasur mijozlarimiz uchun ayni muddao bo‘lishi aniq edi»

Gazeta.uz ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonda 169 ta kredit tashkilotlari, shu jumladan 85 ta mikromoliya tashkilotlari va 84 ta lombardlar faoliyat ko'rsatmoqda. Joriy yilning olti oyi davomida ular 3,35 trillion so'm miqdorida (mikrokredit tashkilotlari — 2,56 trillion so'm, lombardlar — 794 milliard so'm) xizmat ko'rsatdilar. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 58% yoki 1,22 trillion so'mga ko'proq. O'sha davrda banklar 12,9 trln so'mlik mikrokreditlar ajratgan edi.

Telegram-bot qanday ishlaydi?


Davr Bankning vazifasi shunchaki oddiy chatbot yaratish emas, balki brauzer orqali Telegramning o'zida ham, veb-formatda ham foydalanish uchun qulay bo'lgan to'liq raqamli mahsulotni ishga tushirish bo’lgan.

Natijada, foydalanuvchilar bir necha oddiy qadamda Davr Bankdagi hisob raqamlariga pul tushirib olishlari, yoki bank filiallarida naqd pul olish imkonini beradigan qulay vositaga ega bo'lishdi.

Buning uchun @davrpul_bot havolasi orqali o‘tib, Telegram-botni ishga tushirish kerak. U yerda foydalanuvchi o‘z telefon raqamini va JSHSHIR kiritib, shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va ishlatishga ruxsat berishi kerak.


                                                                                                     https://lh7-us.googleusercontent.com/54dLdmM0rY1kH7oyw4WUz3YdXvYtJWj46aOMTfVf_R9gA2Ae_yLroiLm01f5Qjzk-VTRvcFtwjJlToJPmXB1cuEXVarIF9JHstb50ZsoY0jjiDILR3K_STsB1u3oYkiMNQ25fAlsfftIPkT4tvpoDXU

                                                                                   Sur'at. 1 - PINFL va telefon raqami bilan Telegram bot ekrani


Keyin chatbot avtomatik ravishda foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan kreditning maksimal miqdorini aniqlaydi — bugungi kunda bot orqali siz 1 milliondan 50 million so'mgacha olishingiz mumkin. Keyingi qadamda, barcha shartlarni va oylik to'lov miqdorini darhol ko'rib, qulay kredit miqdori va muddatini tanlashingiz mumkin.


                                                                                                     https://lh7-us.googleusercontent.com/6TTps--iD0fcl1jr-Ueo4xCzkumI9Qv6RO6_zHGpieIqJ3zCNiSxZ0JYe52X8kB5RMHGFITQJtdDVflWtp7H5bjc7z_2Gu7gG3vwPBXdBYg7DiOG-nkzXeChG64EwUtXJCPfgCuOQQOvrnYIJ1n-ldw
                                                                                 Sur'at. 2 - miqdor va shartlarni tanlash imkoni bilan Telegram bot ekrani


Keyingi qadam — MyID tizimi orqali tekshirish jarayoni. Bu bir tomondan sizning shaxsingizni tezda tasdiqlash, boshqa tomondan foydalanuvchi xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi.

Bu yerda siz ikki marta rasmga tushishingiz kerak: ortiqcha aksessuarlarsiz oddiy selfi olishingiz, hamda O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID kartasi bilan ham suratga tushib berishingiz talab qilinadi.


                                                                                                     https://lh7-us.googleusercontent.com/2XvbS5uoaeV_dr2f5ctUM8gruXzDM7TqflW9QXOji2XlISWTB_v2jP1BLNydPC_moYp7y0mcyb8MKLzb3enSfHoZmQX6gyZiqSoPBRnmOa3kOgSq9D39jkTunioKY1RMhnA66AJGhMG45XuogkYY7Xg

                                                                                              Sur'at. 3 — Fotosuratlar bilan Telegram bot ekrani


Yakuniy qadam — foydalanuvchilar skoringi. Ushbu tizim yordamida Davr Bank foydalanuvchiga ma’lum miqdorda pul berishdan oldin, uni kredit tarixini tekshirib oladi. Aytish joizki, bugun bank o‘zining maxsus skoring tizimi ustida ishlamoqda.

                                                                                                     https://lh7-us.googleusercontent.com/YAR6sWJxdGakyURnsRXYyJ6r6tE7t8lP1rFkSr67EGxO654KtrGamTDyU9x3AhwtMQJLPZS9QXyHo_u_X3cXuWvw1TNoSJGSmpFQBdXh3FFFnvTl0JbxgSTrLsOm5tPgpQHtitUUHOt0T0PoOQc7HCw

                                                                                 Sur'at. 4 — Telegram bot ekrani ball va kreditni tasdiqlash imkoni bilan


Shundan so'ng, foydalanuvchi bankdan SMS-kodni kiritish orqali barcha amallarni tasdiqlashi va darhol Davr Bank hisob raqamiga kerakli miqdorda pul olishi mumkin.

Bot @davrpul_bot ikki tilda ishlaydi: o'zbek va rus tillarida. Bundan tashqari, xizmat veb-ilova formatida ham mavjud: https://microloan.davrbank.uz

Davr Bank o'zining raqamli transformatsiyasi ustida ishlashni davom ettirmoqda, yaqin kelajakda bank o'zining soft-collection tizimi va skoring modelini yaratishni rejalashtirgan. Shuningdek, bank jismoniy shaxslar va biznes uchun yangi mobil ilovalarni chiqarishni ham maqsad qilgan.


Davr bank XATB "DAVR-BANK" 2001 yil 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida o'z faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda Toshkent shahrida bankning yetti filiali ish olib borib, 400 nafardan ortiq hodim 20,000 dan ziyod mijozga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bankning bosh shiori: "Bank mijozlar uchun, mijoz bank uchun emas".
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi