Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

“Kapitalbank” ATB tadbirkorlar uchun yangi Uzum Business ilovasini ishga tushirdi.

23.11.2023
PLAS- forum doirasida “Kapitalbank”ning masofaviy qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova tadbirkorlar uchun xizmatlar va korporativ mijozlar uchun bank xizmatlarini o‘zida mujassam etgan yangi raqamli Uzum Business platformasi haqida gapirib berdi.


11.png


— Uzum Business ilovasi – bu tadbirkorlarga turli vazifalarni: biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib, tashkilotning barcha to‘lovlari va hisoblarini boshqarishgacha samarali hal etish imkonini beruvchi xizmatlar tizimi – dedi “Kapitalbank”ning masofadan turib qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova. — Xizmatni ishga tushirishdan oldin biz keng qamrovli tadqiqotlar olib bordik va ilovani imkon qadar qulay qilish uchun tadbirkorlarga uni sinashni taklif qildik. Nima uchun Uzum Business’dan foydalanish qulay? Birinchidan, bu muntazam operatsiyalar uchun vaqt va xarajatlarni tejaydi. Ikkinchidan, tadbirkor rivojlanishga e'tibor qaratishi uchun biz profilga oid bo'lmagan vazifalarni olamiz. Nihoyat, biz mijozlarimizning muvaffaqiyati manfaatdorimiz, chunki biz ularning biznesi bilan rivojlanamiz.

11.png


“Uzum Business” xizmati “Kapitalbank” ATB barcha yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs mijozlari foydalanishlari mumkin. Biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda kirish, ish haqi varaqalari, tezkor o‘tkazmalar, xorijiy valyutani ayirboshlash, muntazam to‘lov shablonlari va tranzaksiyalarni monitoring qilish – bu va boshqa muhim funksiyalar iOS va Android uchun Uzum Business ilovasida butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar uchun mavjud. Veb-versiya va ilovaning  sinxronizatsiyasi tufayli har bir versiya eng so'nggi ma'lumotlarni taqdim etadi, shuning uchun siz kompyuteringizdan to'lov shablonlarini to'ldirishingiz, ilova orqali esa imzo qo'yishingiz va to'lovga yuborishingiz mumkin.


Batafsil ma'lumotni Kapitalbank saytida yoki  +998(78)148-11-22 raqamizga qo'ng'iroq qilgan holda olish mumkin.

Ilovani yuklab olish - IOS , Android
Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi