Endi “Kapitalbank” ATB mijozlari “Visaga foizlar” omonati boʻyicha yillik 22% olishlari mumkin – pul kuniga so'mlik Visa kartaga tushadi.
- Moliyaviy vositalar qulay, tushunarli va, albatta, foydali bo'lishi kerak - va biz nafaqat omonatlar bo'yicha foizlarni oshirdik, balki to'lab berishni olishlar jarayonini ham imkon qadar qulay va tushunarli qildik-, deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy , - Bank ilovasida bir necha daqiqada omonatni ochishingiz mumkin, va u bo'yicha foizlar darhol kartaga tushadi, omonatning to'liq summasini istalgan vaqtda to'ldirish yoki summaning bir qismini yechib olish imkoni doim mavjud bo'lib qoladi. Bu hatto bank mahsulotlaridan birinchi marta foydalanayotgan va stabil yuqori daromad olishni istaganlar uchun ham qulay.
Omonatni minimal summasi 1 000 000 so‘m, omonat muddati 25 oy. Foizlar miqdori kuniga o'tgan kun uchun omonat bo'yicha amalda mavjud bo'lgan summadan kelib chiqib hisoblanadi. Foiz stavkasi mijozning iltimosiga binoan har kuni yoki har oyda so'mlik Visa kartasiga to‘lanadi, uni esa O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bilan bank ilovasida onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarga omonat va boshqa takliflar bo'yicha batafsil ma’lumotni bank veb-saytida, shuningdek (+998) 71-200-15-15 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Kapitalbank
“Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
“AVO bank” AJ ustav kapital bo‘yicha talablarni bajardi
“Kapitalbank” bilan onlayn usulda kredit to’lash
23.11.2023
“Kapitalbank” ATB tadbirkorlar uchun yangi Uzum Business ilovasini ishga tushirdi.
“Kapitalbank” ATB “Visaga foizlar” omonati bo‘yicha stavkani oshirdi