Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

"Kapitalbank" ATB 4 ta avtomobil va koʻplab pul mukofotlari o‘yinini o’tkazmoqda

03.10.2023
O‘yinda 2023-yil 1-sentabrdan 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda “Zor 7%” valyuta omonatini yoki so‘mlik “Visaga kunlik foizlar” omonatini ochgan barcha bank mijozlari ishtirok etishlari mumkin. Har oy “Kapitalbank” ATB bitta Chevrolet Nexi 3 avtomashina, shuningdek, 3 000 000 so‘mdan 10 000 000 so‘mgacha bo‘lgan 9 ta pul mukofotini oyinini o‘tkazadi.

Omonatlarni “Kapitalbank” ilovasida yoki bankning istalgan filialida ochishingiz mumkin, shuningdek, “Zor 7%” omonati bo‘yicha foizlarni butun davr uchun darhol olishingiz, “Visaga kunlik foizlar” omonati bo‘yicha esa har kuni yoki har oyda Visa kartangizga olishingiz mumkin. Omonatning minimal miqdori 100 AQSh dollari yoki 1 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

G‘alaba qozonish imkoniyatini oshirish uchun omonat to‘ldirilishi mumkin, ammo omonat aksiya muddati tugagunga qadar faol bo‘lishi kerak. O'yin g'oliblarining ismlari onlayn translyatsiya davomida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi o‘yin o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash jarayonining oborilishini kuzatadi.

Aksiyada 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, “Kapitalbank” ATB xodimlari bundan mustasno. Ishtirok etish shartlari bilan bankning rasmiy veb-saytida, 71 200 15 15 telefon yoki 1340 qisqa raqami orqali tanishishingiz mumkin. Omonatlarni bank ilovasi orqali yoki “Kapitalbank” ATBning istalgan o‘zingizga yaqin filialida ochish mumkin.

Ilovani yuklab oling - IOS , Andoid


Sayt | Facebook | InstagramTelegram
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi