O'tgan ikki yilning oxirida dollar kursi dekabr oyining boshidan o'sishni boshlab, oyning o'rtalarida eng yuqori darajaga ko'tarilgan.
Bu yil ham ushbu tendentsiya takrorlanmoqda.
Eng yuqori cho'qqiga chiqqandan so'ng, dollar kursi oy oxiriga kelib pasayib ketgan. 2021 yilda eng past darajaga 27-dekabrda tushgan, 2022 yilda esa 28-dekabrda.
Ammo dekabr oyining so'nggi ikki kunida dollarning barqaror o'sishi kuzatilib, oldingi pasayishni qoplagan. Bu ham 2021 va 2022-yillarda kuzatilgan holat.
Dollar kursi bu yil qanday o’zgarishini, tez orada bilib olamiz.
Dekabr oyi oxirida dollar kursi pasayadimi?