Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

Bahodir Rahmatov "Kapitalbank" ATB Boshqaruvi Raisining o'rinbosari lavozimini tark etdi

28.07.2023
Bank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari lavozimida Baxodir Sodiqovich korporativ blokni rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan, shuningdek Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish markazini boshqargan. 

— Bahodir 13 yil davomida bank jamoasining bir qismi bo'lib, "Kapitalbank" ATBni rivojlantirishga, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga, mijozlarimiz uchun xizmatni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi, — deydi "Kapitalbank" ATB Boshqaruvi Raisi Kirill Mayevskiy. — Bu jamoa uchun qiyin lahza, ammo biz Baxodir Sodiqovichning oldida yangi keng ko'lamli loyihalar borligiga aminmiz — biz uchun u hamkasb va o'z faoliyati bilan "Kapitalbank" ATBni  mamlakatning eng yirik va ishonchli banklaridan biriga aylantirganlardan biri bo'lib qoladi. U to'plagan professionallar jamoasi bank loyihalari ustida ishlashni davom ettiradi. Baxodir Sodiqovichga ishi uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi ishlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi