Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

“AVO bank” AJ ustav kapital bo‘yicha talablarni bajardi

"AVO bank” AJ ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etmoqda.

Ma’lumki, 2023 yilning 13 yanvarida “O‘zagroeksportbank” ATB xususiylashtirilgan edi. Shu yillarda bank rasman operatsion faoliyatni amalga oshira olmagan. Shuningdek, 2019 yil noyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank passiv operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar qo‘llanilgan. Shu davrda zarur zaxiralar yaratilishi hisobga olingan holda to‘plangan zarar 46,2 mlrd so‘mni, bank kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushi esa 96,3 foizga teng bo‘lgan.

2023 yilning 9 sentyabrida bank nomi “AVO bank” AJga o‘zgartirildi. “AVO bank” AJ xususiylashtirishdan so‘ng benefitsiar o‘zgarishi bir bor - 2023 yilning 10 noyabr sanasida sodir bo‘ldi. Bankning yakuniy benefitsiari bo‘lgan Ruslan Adilbayev 2023 yil 20 noyabrdan “AVO bank” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilgan. “AVO bank” AJ aksiyalarining to‘liq paketiga egalik qiluvchi “AVO.UZ” QK MCHJ aksiyalarning 100 foizlik ulushini sotib olish bo‘yicha bitim qonun hujjatlariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilgan, shu jumladan, Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnoma olingan.

Tabiiyki, benefitsiarni o‘zgartirish va undan AVO loyihasi uchun qo‘shimcha sarmoyalar jalb qilish jarayoni ko‘plab tashkiliy masalalarni xal qilishni taqozo etardi. Va bu "AVO bank" AJ ustav kapitali hajmi hamda minimal tartibga solish standartlarining vaqtinchalik nomuvofiqligiga olib keldi. Natijada, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2023 yil 4 oktyabrdan “AVO bank” AJga qo‘mita qarorida nazarda tutilgan faol-passiv va boshqa ayrim turdagi operatsiyalarni amalga oshirishga ta’qiq qo‘ydi.

Qayd etish kerakki, 2023 yilning yanvar oyidan boshlab, “AVO bank” AJga 190 milliard so‘mdan ziyod investitsiya kiritildi, jumladan, xarid narxi 56,6 mlrd so‘m va ustav kapitalining keyingi ikki oshirilishi 134,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shunday qilib, 2023 yilning 30 noyabr holatiga ko‘ra, “AVO bank” AJning ustav kapitali 205 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan me’yorlarga to‘laqonli mos keladi. Eng muhimi, muammoli aktivlar ulushi 0%gacha kamaytirildi. Ayni paytda bankning balans moliyaviy natijasi 67,9 mlrd so‘m miqdoridagi zararni tashkil qilmoqda.

Butun 2023 yil davomida “AVO bank” AJ jamoasi bankning keng ko‘lamli transformatsiyasi va yangi biznesni yo‘lga qo‘yish uchun tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, ekspertlar jamoasi shakllantirildi, ular orasida xalqaro tajribaga ega mutaxassislar ham bor. Bundan tashqari, boshqaruv tuzilmasi, operatsion va nazorat jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.

Muvaffaqiyatni ta’minlashga qaratilgan asosiy maqsadlardan biri esa bank faoliyatga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishdir. Ko‘p sonli bank kontragentlari bilan bir qatorda shakllantirilayotgan raqamli bankning texnologik konturini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning bir qismi 2022 yil aprel oyida tashkil etilgan “AVO SERVICES AND TECHNOLOGY” MCHJ IT-kompaniyasida amalga oshirilmoqda. Xususan, bank bilan sayt yaratish va uni yuritish bo‘yicha bitim hamda masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi “AVO REMOTE BANKING SERVICES” dasturidan foydalanish litsenziyasini taqdim etish yuzasidan shartnoma imzolandi. Ushbu dasturiy ta’minot IT-kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishlanmasidir.

“AVO SERVICES AND TECHNOLOGY” MCHJ aksiyalarining 99,9 foizi “AVO.UZ” MCHJ QKga tegishli bo‘lib, IT-kompaniya “AVO bank” AJ bilan aloqador shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, bankka aloqador har qanday shaxs bilan bitimlar esa faqat bank Kuzatuv kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. Bunday rejalashtirilgan operatsiyalar to‘g‘risida Markaziy bank oldindan xabardor qilinadi. Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, AVO strategiyasi O‘zbekiston raqamli moliyaviy xizmatlar bozoriga yetakchi bankni olib kirishdan iboratdir. Hozirgi paytda “AVO bank” AJ o‘z tijoriy ishlanmasini tez orada taqdim etishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bankka aloqador barcha rasmiy axborot va izohlarni “AVO bank” AJ matbuot xizmatidan olishingizni, shubhali manbalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.




AVO matbuot xizmati
press@avobank.uz
AVO bank AVO – “AVO bank” OAJ banki va “AVO Services and Technology” MChJ IT kompaniyasini o‘z ichiga olgan kompaniyalar guruhi. “AVO” oʻzbekcha “havo” soʻzining qisqartmasi boʻlib, “havo” degan maʼnoni anglatadi. Havo vaznsiz, hamma joyda, toza bo'lgani kabi, biz taqdim etayotgan moliyaviy xizmatlar ham mavjud, tushunarli va kundalik hayotda foydalanish oson. Biz O‘zbekistonda yetakchi chakana bankni yaratmoqdamiz, bu yo‘lda guruhning flagman mahsuloti imtiyozli davrga ega AVO platinum kredit kartasi hisoblanadi. Ilg'or texnologiyalar, bank litsenziyasi va butun dunyo bo'ylab (Hindiston, Singapur, Meksika, Indoneziya, O'zbekiston va boshqalar) muvaffaqiyatli bank va FinTech loyihalarini yaratish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan holda, biz mijozlarga zamonaviy va o'ziga xos “o'z-o'ziga yordam ko'rsatish” xizmatlarini taqdim eta oldik. “Mamlakat bozori uchun foydalanuvchi tajribasi” xizmati, bu nafaqat oʻz-oʻziga toʻliq xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi bank mobil ilovasini, balki moliyaviy xizmatlardan foydalanish tajribasini toʻliq raqamlashtirish yoʻlida mijozlarni oʻqitishni qoʻllab-quvvatlovchi samarali mijozlarga xizmat koʻrsatish xizmatini ham oʻz ichiga oladi.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi