«ASIA ALLIANCE BANK» АТB Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

06.06.2022

«ASIA ALLIANCE BANK» АТB Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda


«ASIA ALLIANCE BANK» ATB v.b. Boshqaruv Raisi – Umidjon Hakimov va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bosh direktori – Аyman Amin Sejini.

Sharm al-Shayx shahrida o‘tkazilgan Islom taraqqiyot banki guruhining 47-yillik yig‘ilishi doirasida «ASIA ALLIANCE BANK» ATB vakillari ITB guruhiga kiruvchi ikki tashkilot – Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) rahbarlari hamda horijiy banklar guruhi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 2013-yildan buyon ITB guruhi bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, bugungi kungacha XSRIK bilan moliyalashtirish liniyasiga oid umumiy miqdori 30,0 mln AQSH dollariga teng 4ta kelishuv imzolandi. Bu yilgi anjuman doirasida Bankka 20 mln AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shuningdek, XSRIK vakillari ishga tushirish bosqichida turgan "Islomiy darcha" Loyihasini amalga oshirishda Bankni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

XISMK ijrochi direktori – Хаni Salem Sonbol va «ASIA ALLIANCE BANK» ATB v.b. Boshqaruv Raisi – Umidjon Hakimov.

2018-yilda «ASIA ALLIANCE BANK» ATB O‘zbekistonda birinchi bo‘lib XISMK bilan 9 mln AQSH dollari miqdoridagi savdo moliyasi liniyasini jalb qilgan. Mazkur liniyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi munosabati bilan tomonlar bankka ikkinchi moliyalashtirish liniyasini ajratish va kelgusida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida qat'iy kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, ushbu forum platformasidan foydalanib, SaudiaExim Bank (Saudiya Arabistoni), The First Abu Dhabi Bank va The Arab Investment Company (Bahrayn Qirolligi) kabi tashkilotlar rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Muzokaralar davomida SaudiExim Bank bilan moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo’yicha shartnoma imzolash va "Islomiy darcha" doirasida hamkorlik qilish haqida kelishuvga erishildi. Bundan tashqari "Islomiy darcha" uchun likvidlik jalb qilish uchun International Islamic Liquidity Management Corporation (Malayziya) vakillari bilan onlayn konferens aloqa tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Islom moliya institutlari bilan ikki tomonlama davomiy hamkorlikni kengaytirish bankka ijtimoiy iqtisodiy foyda keltiruvchi loyihalarni moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalliy xususiy biznesning eksport salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish imkoniyatini beradi.

Barcha takliflar
So'm omonatlari
Bank.uz da So'm omonatlari

32ta bankdan 336ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
Asia Alliance Bank “ASIA ALLIANCE BANK” O‘zbekiston Respublikasining yosh va jadallik bilan rivojlanib borayotgan bankidir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
2023 yilda Kapitalbankning sof foydasi 77%ga oshdi

13.03.2024

2023 yilda Kapitalbankning sof foydasi 77%ga oshdi

Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

16.02.2024

Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?
Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?



Orphus tizimi