2024-yilda pulni nimaga tiksa bo'ladi? Batafsil

AQSh dollarini naqd shaklda berishda komissiya undirilishi bo'yicha tushuntirish

18.08.2022
27-iyuldan boshlab “Kapitalbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatganlik uchun komissiyalar o‘zgarishi bo‘yicha ko‘plab savollar paydo bo‘lishi munosabati bilan mazkur masalaga oydinlik kiritamiz. AQSH dollarini naqd pul shaklida yechib olish uchun 0,7 foiz miqdorida komissiya toʻlovi quyidagi holatlarda undiriladi:“Kapitalbank” ATB kassasi orqali Visa plastik kartalaridan AQSH dollarini naqd shaklda olishda. Bank hisobvaraqlaridan AQSH dollarini naqd shaklda olishda - oldingi 15 kun ichida kun oxiridagi minimal qoldiqdan oshgan summa uchun komissiya undiriladi. Bu holda mijozning barcha hisobvaraqlari va omonatlari bo'yicha jami qoldiq hisobga olinadi. Shu bilan birga, hisobvaraqlariga/kartalarga (naqd yoki naqd pulsiz shaklda) AQSH dollari qanday shaklda kiritilganligi muhim emas – 15 kunlik minimal qoldiq qoidasi har qanday holatda ham amal qiladi.
Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi