Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

O'zbekistonda avtomobil uchun necha yil pul yig'ish kerak?

Avtokredit olish varianti inobatga olinmasa, ba'zi avtomobil modellarini sotib olish uchun o'nlab yillar davomida pul yig'ish kerak bo'lishi mumkin. O'zbekistonda yangi mashina sotib olish uchun qancha mablag' va vaqt ajratish kerakligini ko'rib chiqamiz.

Qanday hisoblaymiz?

O'zbekiston statistika agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqqi 4,332,700 so'mni tashkil etadi. Aytaylik, bu miqdordan har oy 10%, 30% yoki 50% ini ajratadigan bo'lsak, bu 433,270 so'm, 1,299,810 so'm va 2,166,350 so'm bo'ladi. Endi biz turli toifadagi bir nechta mashinalarni ko'rib chiqamiz va kerakli mablag' to'plash uchun qancha vaqt ketishini bilib olamiz.

Ekonom variant-Chevrolet Cobalt

Chevrolet Cobalt O'zbekistondagi eng mashhur hamyonbop modellaridan biridir. Uning boshlang'ich narxi 119.542.000 so'm.

11.pngFoto:: Авто.ру


Chevrolet Cobalt ga pul yig'ish uchun sizga kerak bo'ladi:

10% dan jamg'arsangiz - 23,1 yil;

 30% dan jamg'arsangiz  - 7,7 yil;

50% dan jamg'arsangiz  - 4,6 yil.

Komfort variant - Chery Tiggo 7 Pro

Chery Tiggo 7 Pro - o'zbek avtomobil ixlosmandlari orasida maqbul va mashhur variant. Uning narxi 291.900.000 so'm.

11.png Foto: Drive.ru

Chery Tiggo 7 Pro ga pul yig'ish uchun qancha vaqt ketadi:

10% dan jamg'arsangiz - 56,5 yil;

30% dan jamg'arsangiz - 18,8 yil;

50% dan jamg'arsangiz - 11,3 yil.

Premium variant - BYD Xan

BYD Han - bu 564.495.000 so'mlik premium sinfdagi avtomobil.

11.pngFoto: Megawatt

BYD Han ga pul yig'ish qancha vaqt kerak bo'ladi::

10% dan jamg'arsangiz - 109,3 yil;

30% dan jamg'arsangiz - 36,4 yil;

50% dan jamg'arsangiz - 21,8 yil.

Ushbu hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, kreditdan foydalanmasdan mashina sotib olish, ayniqsa qimmat modellar uchun ancha vaqt talab qilishi mumkin. Bu esa avtomobil sotib olishda moliyaviy rejalashtirish va  hisob-kitobli yondashuv muhimligini ta'kidlaydi.

O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

2024-yil 12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida “Digital Uzbekistan” (sobiq “Fintech, banks and retail)” PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi!
2024-yil 12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida “Digital Uzbekistan” (sobiq “Fintech, banks and retail)” PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi!

Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi



Orphus tizimi