Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi? Batafsil

Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

16.02.2024

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2023-yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra “Kapitalbank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “O‘zA+” darajasida “Ijobiy” prognoz bilan tasdiqladi. Agentlik barqaror o'sib borayotgan ko'rsatkichlar, samarali risklarni boshqarish, yuqori obro' va brend xabardorligi, muvozanatli likvidlik pozitsiyasi va maqbul kapitallashuvi bilan bankning barqaror moliyaviy holatini qayd etdi.

— Barqarorlik bank uchun asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, biz doimiy ravishda reytinglarda yuqori o‘rinlarni saqlab qolamiz. Biz uchun moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari, xizmat ko‘rsatish sifati ham muhim”, — dedi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — “Kapitalbank” butun mamlakat bo‘ylab millionlab xususiy mijozlar va tadbirkorlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Avvalroq S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” ATB reytingini barqaror prognoz bilan B darajasida tasdiqlagan edi. S&P Global Ratings tahlilchilari, shuningdek, Kapitalbank brendining yuqori tan olinishi va hududiy filiallarning keng tarmog‘i, bankning chakana savdo, kichik va o‘rta biznesga e’tibor qaratilishi hamda ularning mamlakat moliya tizimi uchun ahamiyatini ta’kidladi.

Ahbor-reyting haqida

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi- tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, korporativ obligatsiyalar emitentlari, lombardlar, mikrokreditlar va boshqa tashkilotlarga reyting xizmatlarini ko‘rsatish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 9-noyabrdagi 427-sonli qarorini bajarish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekistonning birinchi reyting agentligidir. .

Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi