Логотип Bank.uz

ИНФОРМЕР

КУРСЫ ВАЛЮТ ЦБ РУз
USD 07.02 1816.76
EUR 07.02 2392.72
RUB 07.02 60.08
КУРСЫ ВАЛЮТ
КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
БанкUSDEUR
UZPSB 1828/33 2397/12
NBU 1828/33 2393/28
ASAKA 1828/33 2393/98
КОНВЕРТЕР ВАЛЮТ
=
Список терминалов по Узбекистану
Выбрать по региону:
Тип карты: 
Денежные переводы
Система:
Направление:
Сумма:
Часто задаваемые вопросы
ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО
Популярные теги
Курс у.е. онлайн-магазинов
Yarmarka.uz 0.00
Dect.uz 0.00
Allsoft.uz 2725.00
BMT Taraqqiyot Dasturi «Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash» loyihasini taqdim etdi

Toshkentdagi «Poytaxt» Biznes markazining majlislar zalida BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot dasturi yangi - «Mikromoliyalashtirish tizimini  rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash» loyihasi taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. 

«Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash»  loyihasi BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot dasturining yangi tashabbusi bo'lib, mikromoliya sektorini yanada rivojlantirish va barqaror ravishda o'stirishni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi barcha manfaatdor tomonlar, xususan, hukumat muassasalari, xalqaro donor va moliya institutlari harakatlarini uyg'unlashtirish yo'li bilan ta'sirchan, samarali va barqaror mikromoliyaviy sektorni yaratishga ko'mak berishdir. 

Ta'kidlash joizki, Loyihaning asosiy vazifalari mikromoliyalashtirishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirishga texnik yordam ko'rsatish va mikromoliyalashtirishning ijtimoiy ta'sirini ilgari surish, Markaziy bankning mikromoliya sektorini muvofiqlashtirish va nazorat etish borasidagi salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, mikrokredit tashkilotlarining barqaror tizimini yaratish va Mikromoliya tashkilotlari va kredit uyushmalari Milliy Assotsiatsiyasi institutsional salohiyatini mustahkamlashdan iborat. Bular esa mikromoliya tashkilotlarining rivojlanishi hamda mustahkamlanishi, moliyalashtirish manbalaridan foydlanish yo'llarini kengaytirishga xizmat qiladi. Loyiha faoliyatining muhim qirralaridan biri axborot aktsiyalari uyushtirish va turli nashrlar ishlab chiqish va ularni tarqatish yo'li bilan aholi, xususan, ayollar va qishloq aholisining mikromoliyalashtirish borasidagi xabardorligini oshirishdir.

Taqdimot marosimida so'zga chiqqan Loyiha rahbari Dildora Tadjibaeva Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi, respublika bank tizimi, mikrokredit tashkilotlari, tegishli vazirliklar, Loyiha faoliyatining asosiy yo'nalishlariga mos faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakillarini rejalashtirilgan tadbirlar va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari O'zbekistonda mikromoliyalashtirishning bugungi ahvoli va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Mikromoliya markazining Markaziy Osiyodagi faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Shu o'rinda O'zbekistonda mikromoliyalashtirishning dolzarbligi va joriy etilgan tashabbuslarga to'xtab o'tish joiz. Mikromoliyalashtirishning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi shundan dalolat beradiki, O'zbekiston iqtisodiyoti, ayniqsa, kichik biznes bank kreditlari olishga muhtoj bo'lgan aholiga bankka qo'shimcha bo'lgan ushbu moliyaviy xizmatlar tarmog'i g'oyat asqotadi. Katta bo'lmagan pul mablag'larini tezkorlik bilan olish imkoniyati kichik tadbirkorlarga joriy muammolarni bartaraf etish, o'z biznesini yanada katta ishonch bilan rejalashtirishga ko'mak berdi.

BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot dasturi ko'p yillardan beri farovonlikni oshirish va Ming yillik taraqqiyoti maqsadlariga erishish, ayniqsa, qashshoqlik darajasini qisqartirish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini o'stirishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlab keladi. 1998 yildan boshlab, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan mamlakatda birinchi nodavlat mikrokredit tashkilotiga asos solishga ko'mak beruvchi ikkita loyiha sinab ko'rildi. 

Mikromoliyalashtirish dasturlarining amalda sinab ko'rilishi bu kabi xizmatlarning yashovchanligi va ularga talab borligini ko'rsatdi, bu holga mamlakat hukumati tomonidan katta qiziqish bildirildi. Qayd etish kerakki, mikromoliyalashtirishni rivojlantirishning 2007-2010 yillarga mo'ljallangan davlat dasturi qabul qilingan bo'lib, unga mikromoliyalashtirishning turli tarkibiy, xususan, ta'lim, maslahat, tashkiliy, huquqiy va amaliy qismlari kiritilgan. 



Версия для печати
Прочитано: 2115 раз(а)  |  Комментариев: 0  |  Средняя оценка (макс. 7): нет

Другие статьи раздела
18.01.2010 Yilning eng faol banklari aniqlandi
18.01.2010 Toshkentda yangi bank ochildi - «Hi-Tech Bank»
11.01.2010 "Mikrokreditbank" dan maxsus aksiya
09.01.2010 OAT “Aloqabank” yangi omonat turlarini muomalaga kiritdi
07.01.2010 Mijozlar manfaati ustuvor
В этой теме действует премодерация комментариев.
Вы можете оставить свой комментарий.
Гость_
Антибот: Антибот
- Сайт модерируется. Из комментариев удаляются бессмысленные, оскорбительные или не относящиеся к теме обсуждения.

Опрос

Если Вы заметили ошибку, выделите фрагмент текста, содержащий ошибку, и нажмите Ctrl+Enter.
© ООО «Norma Hamkor»; 2007 - 2010. Все права защищены.

Рейтинг@Mail.ru Курс у.е. в онлайн-магазинах